O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorijiy ekspertlar ishtirokida mahorat darsi

2018-03-28 | Jamiyat

Bosh prokuraturaning Oliy o‘quv kurslarida Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik fondi (IRZ) bilan hamkorlikda nemis ekspertlari prof. M.Tsambikakis va U.K. fon Gustorf ishtirokida “Germaniya jinoyat va jinoyat-protsessual huquqi asoslari” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi.

Tadbirda OO‘K professor-o‘qituvchilari va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kursi tinglovchilari hamda Bosh prokuraturaning tegishli tarmoqlari vakillari ishtirok etdilar.

Shuningdek, tadbirda IRZ Fondining Osiyodagi loyihalari menedjeri Viktoriya Berner va GFRning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi doimiy vakili Melani Moltmann qatnashdilar.

Ekspertlar M.Tsambikakis va U.K. fon Gustorf tomonidan Germaniya jinoyat va jinoyat-protsessual huquqining institutsional va huquqiy asoslari, prokuror, sudya va advokatning jinoyat ishi yurituvida funksiyalari va protsessual maqomi masalalari yoritildi.

Tadbirning ikkinchi yarmida OO‘K professor-o‘qituvchilari uchun jinoyat huquqiga oid amaliy kazus misolida samarali mashg‘ulot o‘tkazish bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Ma’ruza va mahorat darslari davomida ekspertlar ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Поделиться