O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Muslim Traveler: Bir kunni o‘zida ham qor, ham sakura gullari, ham dunyodagi eng qadimgi Qur’on mushafini yana qayerda uchratish mumkin?!

2018-03-28 | Turizm

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Indoneziyaning "Net TV" telekanali bilan hamkorlikdagi loyihasi “Muslim traveler” koʻrsatuvi ijodkorlari yurtimizning eng go‘zal manzillarini kashf etishda davom etmoqda.

Ijodkorlar dastlabki kunni ziyoratgohlarga sayrdan boshlagan bo'lsa, keyingi kun erta tongdan tabiat qo‘yniga sayohat zavqi bilan Chimyon tog‘lariga yo‘l olishdi. Indonez sayyohlariga jonu dili bo'lgan qor va chang‘i uchish majmuasi mehmonlarni bir necha soat e’tibori va fotokameralarini band etdi. Tasvirga olish ishlarida Toshkent viloyati hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari yaqindan ko‘mak berdi.

Kunning ikkinchi yarmida shaharga qaytib, indonez mehmonlar ta'rifi bilan aytganda, “juda keng va ozoda ko‘chalar” bo'ylab sayr uchun Toshkentning koʻzga koʻringan saylgoh va madaniy hordiq markazlariga yo'l olishdi. Sayyohlarning eng sevimli saylgohlaridan biri sanalgan Amir Temur hiyoboni va Sohibqiron haykali orqali yurtimizning tarixiga nazar tashlandi, shaharsozlikning yuksak na’munalarini yaratgan bobomiz davomchilari yangi avlodlar bunyod etayotgan ko‘rkam binolar namoyish etildi.

Saylgohda boshlovchi Shaza Belladona mahalliy badiiy san’at ustalari ishlarini kuzatib, o’zining portretini chizdirishga jazm qildi. Natijadan ko‘ngli to‘lib, Indonez sayyohlariga albatta ushbu manzilda bir to‘xtab, mahalliy musavvirlar xizmatidan foydalanishga tavsiya berishini aytib o‘tdi.

Yurtimizda sayyohlarga gid xizmatlari ko‘rsatish sohasida ham katta ishlar qilinayotgani, yoshlarning turli xorijiy tillarni mukammal egallayotgani haqida gapirib, boshlovchi Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti oʻqituvchisi Sanjar Turdiyevni suhbatga tortdi. Aynan Sanjar bilan suhbat orqali yurtimizda 2004-yildan beri Indonez tiliga boʻlgan qiziqish, sayyohlar uchun yurtimizda yaratilayotgan qator sharoitlar haqida Indonez tilida ma’lumotga ega boʻlishdi. Keyingi manzil esa, poytaxtimiz mehmonlarini befarq qoldirmaydigan Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatri bo'ldi. U yerda yurtimizda opera va balet san’atiga boʻlgan qiziqish ham yuqori darajada ekanligini va san’atsevar oʻzbek xalqini yana bir karra kashf etishdi.

“Net TV” telekanalining yurtimizga tashrifi va tasvirga olish ishlarining qizgʻin jarayoni haqida “Dunyo boʻylab” telekanalida maxsus koʻrsatuv tayyorlanmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “Dunyo boʻylab” telekanali ijodiy jamoasi bilan birgalikda amalga oshiriladigan bu singari loyihalar yurtimizda tashqi va ichki turizmni rivojlantirishga ham hissa qoʻshadi.

Поделиться