O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Andijonda 17 ta yangi kitob do‘koni ochildi

2018-03-28 | Madaniyat

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda uning tuman va shahar bo‘limlari tomonidan sektorlar doirasida kitob do‘konlari tashkil etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Viloyat bo‘yicha 17 kitob do‘koni tashkil etilib, turli kitoblar savdosi yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, Qo‘rg‘ontepa tumanida ikki tadbirkorga kitob do‘koni qurish uchun yer maydoni ajratilishiga amaliy yordam ko‘rsatildi. 

Tuman va shaharlarda tashkil etilgan kitob do‘konlarida turli yo‘nalish va mavzulardagi kitoblar sotilmoqda. Yangi kitob do‘konlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi bilan 17 nafar fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. 

– Viloyat ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan Asaka tumanida "Bir kitobxonga beshta yangi kitob" shiori ostida aksiya o‘tkazildi, – deydi Asaka tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Sodiqjon Usmonov. – Aksiya davomida tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan umumta’lim maktablari axborot-resurs markazlari hamda yangi tashkil etilgan kitob do‘koniga o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, shuningdek, bolajonlar uchun ertak kitoblar, uslubiy qo‘llanmalar taqdim etildi. 
 

Fahriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA

Поделиться