O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Isitish mavsumi yakunlanadi
2018-03-27 | Jamiyat
Toshkent shahar hokimi 2018 yilning 26 mart kuni “Toshkent shahrida 2017-2018 yilgi isitish mavsumini yakunlash to'g'risida”gi 471-sonli qarorga imzo chekdi. Unga ko'ra, 26 mart kunidan boshlab poytaxtdagi markazlashgan issiqlik ta'minotidan foydalanuvchi-iste'molchilarni issiqlik bilan ta'minlash, ya'ni isitish mavsumi yakunlanadi.
Navbatdagi mavsum poyoniga etdi. Shu bilan birga, qarorda “Toshissiqquvvati” IChB UK, “Toshkent issiqlik elektrmarkazi”, “Toshkent issiqlik markazi” AJ, tuman hokimliklari hamda Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga 2018-2019 yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini olib borish bo'yicha tegishli topshiriqlar berilgan.