O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev: Barcha manfaatdor tashqi kuchlarning qurolli muxolifatdan Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar stoliga o‘tirishini, qarama-qarshilik va zo‘ravonlikka chek qo‘yishni qat’iy va bir ovozdan talab qilishi beqiyos ahamiyat kasb etadi

2018-03-27 | Siyosat

Poytaxtimizda ochilgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qildi.

Prezident o‘z chiqishida Afg‘onistondagi vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha ko‘p qirrali va murakkab masalalar mintaqa va xalqaro miqyosda keng muhokama qilinayotganiga e’tibor qaratdi. 

Bu o‘rinda Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy inqirozni hal etish yo‘llarini topish maqsadida tashkil etilgan Qobul jarayoni, Moskva formati, Xalqaro muloqot guruhi, “Osiyo yuragi” deb nomlangan Istanbul jarayoni, “ShHT-Afg‘oniston” muloqot guruhi va boshqa ko‘p tomonlama muhokama jarayonlari alohida diqqatga sazovordir. 

O‘zbekiston Qobul jarayoni doirasidagi ikkinchi majlis ishtirokchilarining Afg‘oniston hukumati bilan “Tolibon” harakatining “oldindan shart qo‘ymaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik” asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Ammo tinchlik sari harakatning eng asosiy sharti, bizningcha, avvalo mintaqa va global darajada kelishilgan, Afg‘oniston uchun yagona keng qamrovli tinchlik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iboratdir. 

Shundan kelib chiqqan holda, bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimizning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: 

birinchi – afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal etishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish va ular bo‘yicha keng va qat’iy xalqaro konsensus – murosaga erishish; 

ikkinchi – Afg‘oniston hukumati va qurolli muxolifat o‘rtasida muzokaralarni boshlash mexanizmini ishlab chiqish; 

uchinchi – Afg‘onistondagi milliy kelishuv jarayoniga xalqaro hamjamiyat tomonidan ko‘mak berish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish. 

Va, nihoyat, barcha manfaatdor tashqi kuchlarning qurolli muxolifatdan Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar stoliga o‘tirishini, qarama-qarshilik va zo‘ravonlikka chek qo‘yishni qat’iy va bir ovozdan talab qilishi beqiyos ahamiyat kasb etadi. 

Bundan boshqa yo‘l yo‘q. Bizning fikrimizcha, uchrashuvimizning bosh g‘oyasi shundan iborat.

Поделиться