O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezidentimiz konferensiya ishida ishtirok etish uchun Xalqaro forumlar saroyiga tashrif buyurdi
2018-03-27 | Siyosat
Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 27-mart kuni Xalqaro forumlar saroyida nufuzli tadbirning asosiy voqealari bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev konferensiya ishida ishtirok etish uchun Xalqaro forumlar saroyiga tashrif buyurdi.
Tadbir oldi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasiga ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini bilan suhbat bo‘lib o‘tmoqda.