O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hindiston Respublikasi tashqi ishlar davlat vaziri Mobashar Javad Akbar: mintaqada tinchlikni ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston sa’y harakati qo‘llab-quvvatlaymiz
2018-03-27 | Siyosat
Qaysiki yurtda tinchlikka raxna soluvchi kuchlar maydonga chiqsa, siyosiy to‘qnashuvlar bo‘lsa taraqqiyotga putur yetadi, tinch aholi aziyat chekadi. Shu bois barcha tinchlikparvar mamlakatlar tashabbusi g‘oyat qadrlidir. Biz birodar mamlakatlar sifatida O‘zbekistonning mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi barcha harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Ishonamizki, Toshkent konferensiyasi Afg‘onistonda tinchlikparvar siyosatni qaror toptirib, mustahkamlashga xizmat qiladi.