O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hamkorlikdagi tizimli chora-tadbirlar tinchlikka xizmat qiladi
2018-03-26 | Siyosat
Muhammet Enes Po‘lat Turkiya teleradiokompaniyasining jurnalisti: – O‘zbekiston salohiyati juda yuqori mamlakat. Uning imkoniyatlari keng. Shu bilan birga tashabbuslari ham juda ahamiyatli. Bu uning ichki va tashqi bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun olib borayotgan iqtisodiy, siyosiy islohotlarida yaqqol ko‘rinib turibdi. Qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlariga jiddiy yondashuvi boshqa davlatlarga o‘rnak bo‘lgulik darajada. Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik o‘rnatish, mamlakatlarning o‘zaro savdo-iqtisodiy va infratuzilmaviy munosabatlarini tizimli yo‘lga qo‘yishdan ko‘plab davlatlar birdek manfaatdor.
Uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan Afg‘on voqealari ko‘plab davlatlarni o‘ylantiradi. Mazkur konferensiya doirasida bu muammo hal bo‘lmasligi mumkin. Ammo bu kabi xayrli ishlarning hamkorlikda va tizimli davom ettirilishi, qabul qilinadigan qarorlar, takliflar albatta o‘z samarasini beradi, deb o‘ylayman. Ushbu anjuman davomida xavfsizlik masalalari, aholi tinchligi va farovonligiga erishish, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, uni hal etishning munosib va o‘zaro manfaatli yo‘llarini topishga harakat qilinadi. Bu masalalarning natijasi biz uchun juda muhim.
Tinchlikning nechog‘li ahamiyatli ekani anjuman doirasida berilayotgan ma’lumotlardan ham ma’lum.
Barno Meliqulova, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA