O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BAA tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri Anvar Muhammad Gargash O‘zbekistonga keldi
2018-03-26 | Siyosat
Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri Anvar Muhammad Gargash «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasining asosiy tadbirlari 27 martga mo‘ljallangan.