O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv
2018-03-26 | Siyosat
2018-yilning 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun bugun Toshkent shahriga kelgan AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qildi.
Uchrashuv chog‘ida turli sohalarda O‘zbekiston-AQSh hamkorligining holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, 27-mart kuni ochiladigan yuqori darajadagi Toshkent forumining kun tartibi nuqtayi nazaridan xalqaro va mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqildi.
Suhbatda AQSh Elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.