O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Abdul Salim Foruqiy - Afg‘onistondan kelib o‘qiyotgan talaba
2018-03-26 | Siyosat
Ikki oydan beri Surxondaryo viloyatida biz uchun maxsus tashkil etilgan ta’lim dargohida saboq olayapmiz. O‘zbek tilini mukammal o‘rganib, uni yurtimizda o‘qitishini maqsad qilganmiz. O‘zbek yoshlariga yaratilgan keng imkoniyatlar bizda katta taassurot qoldirdi.
Ushbu nufuzli konferensiyada yurtimizning tinchligi-osoyishtaligiga daxldor masalalar butun dunyo hamjiyatida e’tiborida ekanligidan juda hursandmiz.
Tinchlik bor joy ta’lim tarbiya, iqtisod, madaniyat, fan rivojlanadi. Yurtimizda ham ana shunday rivojlanish uchun hamma narsa bor, faqatgina tinchlik bo‘lsa kifoya. Ushbu konferensiyaning bosh maqsadi mamlakatimiz osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan ekan, bu borada aniq taklif va maqsadli yechim bo‘ladi, deb umid qilamiz.