O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkmaniston delegatsiyasi Toshkentga keldi
2018-03-26 | Siyosat
Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xadjiyev boshchiligidagi delegatsiya «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Turkmaniston delegatsiyasini O‘zbekiston Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasining asosiy tadbirlari 27-martga mo‘ljallangan.