O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
2018-03-26 | Siyosat
Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov boshchiligidagi delegatsiya «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Tojikiston delegatsiyasini O‘zbekiston Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasining asosiy tadbirlari 27-martga mo‘ljallangan.