O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yong’in xavfsizligi instituti va Rossiya Federatsiyasi FVV Davlat yong’inga qarshi xizmati Akademiyasi bilan o’zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlandi
2018-03-24 | Siyosat
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Institut boshlig’i general-mayor A.H.Qo’ldoshev boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davom etmoqda.
Tashrifning keyingi kunida delegatsiya a’zolari Davlat yong’inga qarshi xizmati Akademiyasi (Moskva shahri)ning faoliyati, o’quv jarayonining tashkil etilishi, bu erda yaratilgan keng sharoitlar, o’quv poligonlari hamda boshqa bir qator imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shu bilan birgalikda, tashrif doirasida har ikkala oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o’rtasida uchrashuv o’tkazilib, unda tomonlar o’zaro hamkorlik aloqalarini kelgusida yanada rivojlantirish masalalarini keng muhokama qilib oldilar.
Uchrashuv so’ngida general-mayor A.H.Qo’ldoshev hamda general-mayor V.V.Basovlar tomonidan “O’zbekiston Respublikasi IIV Yong’in xavfsizligi instituti va Rossiya Federatsiyasi FVV Davlat yong’inga qarshi xizmati Akademiyasi o’rtasida o’zaro anglashuv memorandumi” imzolandi.
Ushbu hujjat kelgusida, tomonlar e’tirof etganlaridek, professor-o’qituvchilar, ilmiy xodimlar va kursantlar (tinglovchilar)ning o’zaro tajriba almashishlari, ilg’or pedagogik usullarni joriy qilishlari, birgalikda ilmiy izlanishlar ustida ish olib borishlari kabi yana ko’plab sohalar rivojiga amaliy hissasini qo’shadi. Yong’in xavfsizligi instituti delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davom etmoqda.