O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Murojaatlarni ko‘rib chiqishda mas’ulyatsiz organlar nomi ma’lum bo‘ldi
2018-03-24 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual hamda Xalq qabulxonalari orqali vazirlik va idoralarga 2017-yilda 372,1 ming murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatning 1462 tasi belgilangan muddati buzilgan holda ko‘rib chiqilgan.
Bu haqida Vazirlar Mahkamasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan majlisda ma’lum qilindi.
Eng ko‘p muddat buzilishlar – Madaniyat ishlar vazirligida – 539 ta, “O‘zbekenergo” kompaniyasida – 338 ta, “Ergeodezkadastr” qo‘mitasida – 183 ta, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida – 136 tani tashikl etgan.
Mahalliy ijro hokimiyati organlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalaridan kelib tushgan 30,4 ming murojaatning belgilangan muddatlari buzilgan holda ko‘rib chiqilgani aniqlangan.
Muddat buzilish holatlari Farg‘ona viloyati hokimligida 9,8 ming Andijon viloyati hokimligida 6,5 mingtani tashkil etadi.