O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sirdaryoda chigit ekish 10 ish kunida yakunlanadi

2018-03-23 | Iqtisodiyot

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi “Istiqlol” suv iste’molchilari uyushmasida chigit ekishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Joriy mavsumda viloyatdagi 3 ming 766 fermer xo‘jaligi bilan 223 ming 800 tonna paxta yetishtirish bo‘yicha shartnomalar tuzildi. Yuqori hosildorlikka erishish uchun chigit ekish bo‘yicha aniq hisob-kitob ishlari amalga oshirildi. Prezidentimizning 2018 yil 4 yanvardagi qaroriga asosan viloyatga 54 yangi qo‘sh qatorli seyalkalar berildi. Ekish mavsumi boshlangunga qadar yana 50 seyalka olib kelinishi ko‘zda tutilgan.

– O‘tgan yilgi ekish mavsumida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, chigitni qisqa fursatlarda ekish, urug‘ni yerning namiga undirib olish uchun 277 yer tayyorlash otryadi shakllantirildi, – deydi viloyat hokimligining qishloq xo‘jaligi kotibiyati mudiri I.Rahimov. – Ushbu otryadlarga 4 ming 644 seyalka, yuqori unumli texnika, uzun bazali, kichik yer tekislagich, borona, katta-kichik chizel hamda boshqa zarur avtotransport vositalari biriktirildi. O‘tgan yilgi ekish mavsumida texnika yetishmasligi natijasida ekish ishlari salkam bir oyga cho‘zilib ketgan edi. Joriy yil ekish jarayoniga jalb qilingan texnika va ishchi kuchi bir kunda 6 ming 649 gektar yerni tayyorlash imkoni mavjud. Yer tayyorlash ishlari 2 smenada olib boriladi. Vegetatsiya davrida begona o‘t chopig‘ini bir martaga kamaytirish maqsadida chigit ekiladigan maydonlar to‘liq 2 marta chizel qilib ekiladi. Chigit ekish ishlari 1 apreldan boshlanib, 10 ish kunida nihoyasiga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, chigit ekish jarayonida gektariga o‘rtacha 45 kilogrammdan talab etiladigan jami 3 ming 900 tonna urug‘lik, 39 urug‘lik tarqatish shoxobchasi zaxirasi yaratildi. Chigit ekish paytida har gektar yerga 150 kilogrammdan fosforli, 50 kilogrammdan kaliyli o‘g‘it qo‘shib ekilishi ham doimiy nazoratda bo‘ladi.

Ekish mavsumida ishtirok etayotgan ishchilarni moddiy rag‘batlantirib borish maqsadida “Bunyodkor go‘sht-sut savdo invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 16 tonna o‘simlik yog‘i va 166 tonna un mahsulotlari zaxirasi yaratildi.

 

A.Qayumov, O‘zA muxbiri

Поделиться