O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Muaytaychilarimiz jahon chempionatida 24 medalni qo‘lga kiritdi

2018-03-23 | Sport

Tailandning Bangkok shahrida muaytayning (WMF) yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan XV jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 10 oltin, 9 kumush hamda 5 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida terma jamoamizni tegishli tashkilot va idoralar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, sport muxlislari tantanali kutib oldi.

Mamlakatimizda har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishning muhim vositasi sifatida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning samarasida O‘zbekiston dunyoga sporti jadal rivojlangan mamlakat sifatida tanildi. Xususan, o‘zbek muaytaychilari sport olamining barcha nufuzli musobaqalarida yuqori natijalarga erishmoqda.

Muaytayning WMF yo‘nalishi bo‘yicha XXIII jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining muvaffaqiyatli ishtirok etgani buning yana bir dalilidir.

Dunyoning elikka yaqin davlatidan kelgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan chempionatda vazn 75 kilogramm vazn toifasida Temur Jabborov oltin medal bilan birgalikda yarim professional muaytaychilar o‘rtasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Shohruz Jo‘rayev, Shahriyor Jo‘rayev, Sarvarbek Shermuhammedov, Bahodir Askarjonov, Bahromjon Tog‘ayev, Kamron Husanov, Mironshoh Ubaydullayev, Nurbek Ibrohimov, Temur Nizomiddinov o‘z yosh hamda vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Jahon chempionatida finalga qadar janglarda g‘alaba qozongan Mavlonbek, Jovliyev, Dilshodbek Xolmirzayev, Nurislom Azimov, Shahboz Mo‘ydinov, Boburbek Hakimov, Abdurashid Bahtiyorov, Temur Allamurodov, Temur Bulyakov, Madinabonu Qodirova kumush medali sohibi bo‘ldi. 
Shuningdek, Parvizjon Asrorov, Jahongir Inomjonov, Qobiljon Hojiyev, Munisxon Muhammadiyev va Abdulhay Karimov bronza medal bilan taqdirlandi.

– Jahon chempionatida oltin medal bilan birgalikda chempionlik kamarini qo‘lga kiritganimdan xursandman, – deydi Temur Jabborov. – Ushbu g‘alabani qo‘lga kiritishimda murabbiylarim mehnati, yaqinlarim va xalqimizning ishonchi katta kuch bag‘ishladi. Niyatim, nufuzli musobaqalarda doimo Vatanimiz sha’nini munosib himoya qilishdir.

Jahon chempionatida terma jamoamiz umumjamoa o‘rtasida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 
 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться