O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda “IBM Technology Academy” forumi bo‘lib o‘tdi

2018-03-23 | Texnologiyalar

Toshkentdagi Inha universitetida “IBM Technology Academy” forumi bo‘lib o‘tdi. Unda xorijiy va mahalliy AT-kompaniyalarining o‘nlab vakillari ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “IBM” hamda “RRC” kompaniyalari tomonidan tashkil etildi.

Ikki kun mobaynida forum ishtirokchilari, jumladan, yetakchi xorijiy kompaniya xodimlariga axborot-texnologiyalari sanoatining turli yo‘nalish va tendensiyalari, so‘nggi rusumdagi kompyuter, tarmoq uskunalari va jamlanmasining imkoniyatlariga bag‘ishlangan yigirmadan ortiq taqdimot va ma’ruzalar namoyish qilindi.

Forum doirasida mamlakatimiz mutaxassislari eng so‘nggi nusxadagi server va kompyuter jamlanmalarining o‘ziga xos xususiyatlari, “Power9” yangi arxitekturasidagi protsessorlarning xususiyatlari, ularning afzalliklari hamda avvalgi nusxalaridan farqli jihatlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Shuningdek, “bulutli” texnologiya hamda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish sohasidagi so‘nggi texnik ishlanmalar namoyish etildi.

Laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlarda forum ishtirokchilariga mustaqil ravishda eng yangi tarmoq uskunalaridan foydalangan holda ishga layoqatli korporativ tarmoqni yaratish taklif etildi.

 

Roman Bondarchuk, O‘zA muxbiri

Поделиться