O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomangiz majburiy almatirilishi mumkin, agar…
2018-03-23 | Jamiyat
Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2021-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish 2017-yil 1-oktabr – 2018-yil 31-dekabr davrida – eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat’i nazar – ular egasining yozma arizasiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda, 2019-yil 1-yanvar – 2020-yil 31-dekabr davrida – eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat’i nazar – majburiy tartibda almashtiriladi.
Avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish 2017 – 2020 yillar mobaynida bosqichma-bosqich – avtomototransport vositasini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida amalga oshiriladi.