O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Navro‘z arafasida 217 mingdan ziyod yoshlar yurtimiz bo‘ylab sayohat qiladi
2018-03-17 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev poytaxtitmizdagi ta’lim muassasalari, korxonalar, tashkilotlardagi Yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqotda Navro‘z arafasida ichki turizm tashkil qilinishini aytib o‘tdi.
Mazkur sayohat Prezidentimizning joriy yil 3-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi doirasida uyushtirilmoqda.
Ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni, ayniqsa yosh avlodni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi, ziyoratgohlari, obidalari bilan keng tanishtirishga xizmat qiladigan ushbu loyihada 217 mingdan ziyod yigit-qizlar ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu ezgu loyiha nafaqat yoshlarni tarixiy joylar bilan tanishtirish, balki, ularning turizm sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, tadbirkorlikka keng jalb etishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.