O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Yoshlar marafoni” munosabati bilan poytaxtimizning markaziy ko‘chalarida harakat cheklanadi
2018-03-17 | Jamiyat
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Yengil atletika federatsiyasi hamkorligida qabul qilingan “21 mart “Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlangan “Yoshlar marafoni”ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga ko‘ra, joriy yilning 20 mart kuni soat 09:00 dan 12:00 ga qadar “Yoshlar marafoni” o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan 20 mart kuni soat 9:00 dan 12:00 ga qadar Nukus ko‘chasi (Nukus, A.Qodiriy, Abay, A.Navoiy, Sh.Rashidov, Mustaqillik ko‘chalari)dan “Paxtakor” markaziy stadionigacha bo‘lgan ko‘chalar (Glinka, Oybek, A.Temur, Mustaqillik, Sh.Rashidov, Abay, Sebzor, Navoiy, Yusuf Xos Xojib ko‘chalari)da harakatlanish cheklanadi.