O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Diqqat piyoda! Qoidabuzarlar jarimaga tortilmoqda
2018-03-17 | Jamiyat
15 mart kuni Toshkent viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan piyodalar va o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Diqqat bolalar!” va “Diqqat piyoda!” tadbiri o‘tkazildi.
Boshqarma matbuot xizmatiga xabariga ko‘ra, tadbir davomida qoidabuzarlik sodir etgan 205 piyoda aniqlangan. Ular O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi 1-qismida qayd etilgan qoidabuzarliklarni sodir etgan.
Tadbir davomida, shuningdek, serqatnov yo‘llarga yaqin joylashgan ta’lim muassasalari yoshlarining yo‘l harakati qoidalari to‘g‘risida bilimlarini oshirish maqsadida 250 dan ortiq suhbatlar o‘tkazilgan.