O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navbatdagi sayyor qabuli Boyovutda

2018-03-17 | Jamiyat

“O‘zstandart” agentligi rahbariyatining navbatdagi “Sayyor qabuli” Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tashkil etildi.

Tadbirga Viloyat hokimligining tadbirkorlik va eksportni qo‘llab-quvvatlash guruhi, Bojxona boshqarmasi, Investitsiya boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi, Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat markazi, eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi viloyat bo‘limi, karantin inspeksiyasi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxona rahbarlari, Boyovut tumanida faoliyat olib borayotgan korxonalar vakillari, jismoniy va yuridik shaxslar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi.

Tadbirni Boyovut tumani xokimi O.Ashurmatov ochib berdi. “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da yurtimizda tadbirkorlik muxiti, yangi korxonalar, loyihalarning yaratilishiga, ishlab chiqarilayotgan maxsulot turlari va raqobatning o‘sishiga olib kelyotganligini, bu esa o‘z navbatida eksportbop mahsulotlarning ko‘payishiga zamin yaratayotganligi ta’kidlab, Boyovut tumanida ham tadbirkorlik faoliyatida bir qancha ishlar amalga oshirilayotganligini aytib o‘tdi. Albatta mahsulotlarning sifati va eksportbop bo‘lishida “O‘zstandart” agentligining o‘rni alohida ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi direktori o‘rinbosari F.Samatov so‘z olib, barcha yig‘ilganlarni kirib kelayotgan bahor va nafosat bayrami “Naruz” bayramlari bilan tabrikladi.

F.Samatov tadbirkorlarimizning muammolarini joylarga chiqib tezkorlik bilan hal etish choralarini ko‘rish zarurligini aytib, shu maqsadda rahbariyatimiz tomonidan joylarda “Sayyor qabul”lar o‘tkazilayotganligini, navbatdagi uchrashuv Boyovut tumanida tashkillashtirilganligi to‘g‘risida gapirib, ishtirokchilarga bugungi kunda “O‘zstandart” agentligi tomonidan olib borilayotgan islohotlar va rejalashtirilgan istiqboldagi dasturlar hamda ularning samarasi xususida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tadbirda ishtirok etgan Sirdaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i B.Hamrakulov, Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori J.Shakarov hamda barcha mutasaddi tashkilotlar bugungi kunda sohalarda tadbirkorlarga yaratilgan imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tishdi.

Uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Поделиться