O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
ShHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining Pekin shahridagi majlisi
2018-03-17 | ShHT
2018-yilning 13-16-mart kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari tomonidan ShHT Davlat rahbarlari kengashi va Hukumat rahbarlari kengashi (bosh vazirlar) bo‘lajak majlislarining kun tartibi va yakuniy hujjatlari loyihalari, tashkilotning mazkur muhim tuzilmalariga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni muhokama qilindi.
Milliy koordinatorlar 2018-yilga mo‘ljallangan asosiy tadbirlar dasturi va ko‘p tomonlama hamkorlikning boshqa masalalari yuzasidan fikr almashdilar.