O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Varshavada Polsha – O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tuzildi

2018-03-14 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy almashuvlar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Varshavada Polsha – O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ro‘yxatdan o‘tdi. Bundan ko‘zlangan maqsad ikki mamlakat ishbilarmonlarining o‘zaro amaliy aloqalarni o‘rnatishlari hamda biznes sheriklarni topishlariga ko‘mak ko‘rsatish bilan izohlanadi.

Polshalik taniqli biznesmen, 10 yildan ko‘proq vaqtdan buyon o‘zbekistonlik sheriklar bilan to‘qimachilik sohasida hamkorlik qilib kelayotgan “KOPAXP.K.” kompaniyasining rahbari Petr Kozlovski ushbu qo‘shma Savdo-sanoat palatasining raisi etib saylandi.

Palata tuzilishi bilan bog‘liq shart-sharoitlar haqidagi fikrlarini o‘rtoqlashar ekan, polshalik tadbirkor O‘zbekistonning hozirgi iqtisodiy yo‘li, o‘zaro hamkorlik uchun barcha to‘siqlarning bartaraf etilgani va to‘laqonli tashqi savdo uchun imkoniyatlar yaratilgani, shuningdek, Polshaga o‘zbek eksporti hajmlarining keskin oshib borayotgani hamda qo‘shma korxonalar soni tobora ortayotgani uni ta’sis etishga xizmat qilganini alohida ta’kidladi.

-Dolzarb iqtisodiy masalalarni muhokama etish, tadbirkorlik faoliyatidagi dolzarb muammolar bo‘yicha konstruktiv nuqtai nazarlarni ishlab chiqish hamda kichik va yirik korxonalarning muvaffaqiyatli tajribasini targ‘ib qilish palata oldida turgan asosiy maqsadlardan biri bo‘ladi, - dedi u. - Qo‘shma Savdo-sanoat palatasi sanoat, ichki va tashqi savdo, qishloq xo‘jaligi, moliya tizimi, xizmatlar va boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgani holda kichik, o‘rta va yirik biznes manfaatlari yo‘lida ish olib boradi.

Palata birgalikdagi o‘zbek – polsha biznesi shaffof va ijtimoiy mas’uliyatli bo‘lishiga intiladi. U yirik iqtisodiy va sarmoyaviy forumning tashkilotchilari hamda faol ishtirokchilaridan biri bo‘ladi.

-Tashkil etilgan ushbu palataning missiyasi Polsha va O‘zbekiston kompaniyalariga o‘z sheriklari sonini ko‘paytirish imkoniyatini yaratadi, - dedi mazkur Savdo-sanoat palatasi Bosh direktori Yatsek Mixalski. - O‘zbekistonda ishlab chiqarish korxonalarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ularni modernizatsiyalash, moliyaviy barqarorligini hamda raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan faol sarmoyaviy siyosat hayotga tadbiq etilayotgani tufayli ushbu mexanizmni tuzish mumkin bo‘ldi. O‘zbekistonda shakllangan ishbilarmonlik muhiti palatamizning samarali faoliyati uchun rag‘bat bo‘lib qoladi.

Поделиться