O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro yarmarka—“O‘zekspomarkaz“da

2018-03-14 | Iqtisodiyot

"O‘zbekcharmpoyabzali" uyushmasi barchani 2018-yilning 27-29-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan "VIII xalqaro charm, poyabzal, kiyim va aksessuarlar" ko‘rgazma-yarmarkasiga taklif etmoqda. Tadbir Toshkent shahrining “O‘zekspomarkaz”ida o‘tkaziladi.

–Ushbu ko‘rgazma-yarmarkada mahalliy tarmoq korxonalari bilan bir qatorda 10 dan ortiq chet davlatining 60 nafarga yaqin tadbirkori ishtirok etishi kutilmoqda, – dedi uyushmaning axborot xizmati xodimi Sardor Jovliyev. – Biz uchun e’tiborli jihati shuki, unda zamonaviy dizayn asosida yaratilgan charmpoyabzal mahsulotlarining yangi namunalari, texnologiyalar, texnologik dastgoh va uskunalari namoyish etiladi. Ko‘rgazma doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, seminar va taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Поделиться