O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yirik davlat korxonalari 10 foizi sof foydasini innovatsion faoliyatga yo‘naltiradi

2018-03-14 | Iqtisodiyot

Xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalaridagi Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom tasdiqlandi, deya xabar berdi chorshanba kuni Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.

Namunaviy nizomga asosan xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalari Jamg‘arma uchun ajratiladigan mablag‘lari unga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklaridan birida ochiladigan maxsus hisob raqamida jamlanadi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarda sarflanadi:

- yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, zarur tajriba-sanoat sinovlarini o‘tkazish;

- ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni moliyalashtirish;

- ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik va ilmiy-laboratoriya bazasini mustahkamlash, ilmiy-texnik xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va malakasini oshirishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari qaytarib olinmaydi va kelgusida foydalanish uchun xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarining maxsus hisob raqamida saqlanadi.

Поделиться