O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga qanday soliq imtiyozlari mavjud?
2018-03-14 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 375-moddasiga asosan, yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyekti qat’iy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘laydi.
Shuningdek, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin o‘n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tgan sanadan e’tiboran qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan olti oy muddatga ozod etiladi.
Eslatib o‘tish joizki, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tilgan paytdan boshlab o‘n ikki oy ichida faoliyat tugatilgan yoki faoliyat uch va undan ko‘p oyga to‘xtatilgan taqdirda, qat’iy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun to‘lanadi.