O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti saylovida O‘zbekistondan xalqaro kuzatuvchilar qatnashadi

2018-03-14 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya 2018 yil 18 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchilar sifatida ishtirok etadi.

Bu haqda chorshanba kuni Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasining deputatlari, Jizzax va Toshkent viloyatlari hokimlarining o‘rinbosarlari kiradi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov delegatsiyaning boshqa a’zolari bilan birga MDH va SHHT kuzatuvchilari missiyalari tarkibida saylovda ishtirok etadi.

Поделиться