O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Davlat-fuqaro” munosabatlari: navbat Farg‘onaga
2018-03-13 | Jamiyat
“Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi”. Ushbu tamoyil tezkor, qulay, shaffof va sifatli tamoyillar asosida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari markazlariga tegishlidir.
“Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi”. Ushbu tamoyil tezkor, qulay, shaffof va sifatli tamoyillar asosida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari markazlariga tegishlidir. Zero, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan mazkur prinsip “davlat-fuqaro” munosabatlarida qulayliklar yaratib, xalqning og‘irini yengil qiladi.
Ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati va ish unumdorligini yanada oshirish maqsadida Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasiga “Gentra Chevrolet”, barcha tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlariga esa 19 ta “Damas” rusumli avtomashinalarni tantanali ravishda topshirish marosimi o‘tkazildi.
Ushbu marosimda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov, Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari I.Nosirov, Farg‘ona viloyat Xalq qabulxonasi rahbari R.Mahmudovalar yaratilayotgan bunday qulayliklarning barchasi fuqarolarga yagona va ishonchli davlat xizmatlari ko‘rsatilishiga, eng asosiysi, xalqning hayotdan, jamiyatdan rozi bo‘lib yashashiga muhim omil bo‘lib xizmat qilishini bildirishdi.
Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda respublika bo‘ylab joylashgan Davlat xizmatlari markazlarida aholiga innovatsion texnologiyalar va zamon talablariga mos ravishda 37 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.