O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xizmat ko‘rsatish sifati yanada oshadi

2018-03-13 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi xodimlariga xizmat avtomashinalari va skuterlar topshirildi.

Viloyat prokurori o‘rinbosari F.Jovliyev va byuroning viloyat boshqarmasi boshlig‘i U.Sa’dullaev mamlakatimizda elektr energiya va tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmini oshirish, sohada nazorat hamda hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, to‘lov intizomini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Prezidentimizning 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

Darhaqiqat, byuro tomonidan mavjud qarzdorliklarni undirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. Xususan, elektr energiya yetkazib berish hamda iste’mol qilish bo‘yicha to‘lov intizomini mustahkamlashda energiya resurslaridan jami 1 trillion 54 milliard, ichimlik suvidan 1 milliard 866 million so‘m, sud va boshqa organ hujjatlari ijrosini ta’minlash natijasida 495 milliard 923 million so‘m qarzdorlik undirildi.
 
– Amalga oshirilgan ishlar rahbariyat tomonidan munosib baholanib, kasbiga sadoqatli, o‘z vazifalarini namunali va vijdonan bajargan 37 nafar xodimga unvonlar berildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektori F.Mamanova. – Shuningdek, 39 nafar xodim rag‘batlantirildi. Ular xizmat kiyimlari, uyali aloqa vositalari bilan ta’minlandi. Yaratilgan bunday imkoniyat va sharoitlar to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, ijro ishi yuritishdagi muammolarni tez va oson bartaraf etishga xizmat qiladi.

 

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat), O‘zA

Поделиться