O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sadriddinning navbatdagi oltin medali

2018-03-13 | Sport

Sloveniyaning Lasko shahrida karate (WKF) bo‘yicha o‘tkazilgan “Slovenia Open” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari beshta oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Musobaqada dunyoning 40ga yaqin mamlakatidan kelgan 700 nafarga yaqin sportchi o‘zaro raqobatlashdi. 

Mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Sadriddin Saymatov, Dostonbek Otabolayev, Abdulaziz Otaboyev o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, xotin-qizlar o‘rtasida Bahriniso Boboyeva hamda Barno Mirzayeva barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
 

Поделиться