O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hindiston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi haqida
2018-03-12 | Siyosat
2018-yil 13-mart kuni Toshkent shahriga Dehli shahri Jome masjidining bosh imomi, Hindistondagi Naqshbandiya tariqatining namoyandalaridan biri Said Ahmad Buxoriy rahbarligidagi diniy delegatsiya tashrif buyuradi.
Yurtimizga tashrif chog‘ida islom qadamjolarini ziyorat qilish, mamlakatimizning tarixiy va me’moriy obidalari bilan tanishish, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Toshkent islom universiteti rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazish kutilmoqda.