O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Inson manfaatlarini ta’minlash – ustuvor masala

2018-03-11 | Jamiyat

Mamlakatimizda bugun inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifaga aylandi. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning butunlay yangi, samarali tizimi yaratildi. Odamlar bilan muloqot qilish, ularning dardini tinglash, qaynayotgan muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar yangi bosqichga ko’tarildi.

Hozirgi paytda xalqimiz turmush tarzini yaxshilash, joylardagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf qilishda davlat idoralarining rahbar xodimlari tomonidan o’tkazilayotgan sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Bugun hayotimizning o’zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad – inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo’ymoqda. Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak».

Ana shu hayotiy talabdan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan 2017 yilda Qoraqalpog’iston Respublikasi, Namangan, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Andijon, Farg’ona va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida sayyor qabullar o’tkazildi. Sayyor qabullar jarayonida kelib tushgan murojaatlarni to’liq va xolisona tekshirilishi hamda natijasi bo’yicha qonuniy qarorlar qabul qilinishiga alohida e’tibor qaratildi. Har bir murojaatning ko’rib chiqilishi vazirlik tomonidan alohida nazoratga olindi.

Sayyor qabullarda jami 6067 nafar fuqaro qabul qilindi. Ulardan 3760 ta turli mazmundagi murojaat kelib tushdi. Bu jarayonda ko’pdan buyon aholini qiynab kelayotgan muammolarga shu joyning o’zida, tezkorlikda ijobiy echim topilishi asosiy diqqat-e’tiborda bo’ldi.

Sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlar mazmuni bo’yicha tahlil qilinganida, ularning 1388 tasi ichki ishlar organlariga ishga qayta tiklash, 243 tasi ichki ishlar organlariga ishga kirish, 541 tasi ichki ishlar organlaridagi tergovga qadar tekshiruv, dastlabki tergov va surishtiruv hamda 394 tasi pasport-viza masalalariga oidligi ma’lum bo’ldi. Oila-turmush doirasidagi kelishmovchiliklarga doir murojaatlar 125 tani, turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir murojaatlar 522 tani tashkil etdi. 102 ta murojaatda esa ichki ishlar organlari xodimlarining noo’rin xatti-harakatlari bayon qilindi. Shuningdek, 445 murojaatda boshqa turli masalalar o’z aksini topdi.

E’tiborli jihati, murojaatlarning 340 tasi sayyor qabul jarayonida ijobiy hal etildi. 731 ta murojaat esa qabuldan so’ng ko’rib chiqilib, ijobiy echim topdi. Shu bilan birga, 2558 ta murojaat yuzasidan qonuniy tushuntirish berildi, 131 tasi qanoatlantirishdan rad qilindi.  Shu o’rinda misollarga murojaat etsak.

Sayyor qabullardan birida Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashovchi Gulzira Mo’ydinova tanishi X. Abdulazizovga eshik yasab berishi uchun 600 AQSh dollari miqdorida pul berganini, ammo oradan ancha vaqt o’tganiga qaramasdan duradgor va’dasining ustidan chiqmaganligidan, boz ustiga, pulni qaytarmayotganligidan norozi bo’lib murojaat qildi. Fuqaroning murojaati tegishli tartibda o’rganib chiqildi va unga 600 AQSh dollari undirib berildi.

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Muhabbat Nasrullaeva esa sayyor qabulda qizi M. Boboyorova oliy o’quv yurtiga kontrakt asosida o’qishga kirgani munosabati bilan unga bankdan 4 yil muddatga ta’lim krediti olishga yordam berishni so’radi. Ushbu murojaat ijobiy hal qilindi – M. Boboyorovaga ta’lim krediti ajratildi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida yashovchi opa-singillar Mavluda, Kamola va Shohida Hasanovalar ish bilan ta’minlashda amaliy yordam berishni so’rab murojaat qilishdi. Mazkur murojaat nazoratga olinishi natijasida ular shu kunning o’zida Guliston shahridagi «Bekteks» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ishga joylashtirildi.

Sayyor qabullar yakuni yuzasidan joylarda o’tkazilgan muhokamalar jarayonida ichki ishlar organlari tizimida korruptsiya va uning turli ko’rinishlariga qarshi kurashish, shaxsiy tarkib o’rtasida tamagirlik va poraxo’rlik kabi salbiy illatlarga yo’l qo’ymaslik, bu borada tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, shuningdek, aholining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targ’ibot-tashviqot ishlarini yanada jadallashtirish bo’yicha vazifalar belgilab olindi.

 

Ozodbek JO’RABOEV,
IIV Jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, podpolkovnik.

Поделиться