O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonning yangi elchisi Ostonaga uchib ketdi
2018-03-10 | Siyosat
2018-yilning 10-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Saidikram Niyozxodjaev Toshkent shahridan Ostona shahriga jo‘nab ketdi. U shu kunga qadar Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
S.Niyozxodjayev ma’lumoti bo‘yicha muhandis-quruvchi, TIVga kelguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va hukumat tuzilmalarida mas’ul lavozimlarda ishlagan, jumladan davlat maslahatchisi o‘rinbosari, iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari bo‘lgan.