O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

2018-03-10 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.

Kecha bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikka doir barcha masalalar hal etilib, uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olingani ta’kidlandi. Savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika, soliq, turizm, fan-ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik kabi sohalardagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha imzolangan hujjatlar yuqori baholandi.

Xususan, tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish rejasi ikki mamlakat hukumatlariga katta mas’uliyat yuklaydi. Muloqotda mazkur kelishuvlarni bajarish, savdo aylanmasini ko‘paytirish va tarkibini diversifikatsiya qilish, biznes uchun qulay muhit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini, buning uchun barcha zarur sharoit yaratilishini ta’kidladi.

Qohir Rasulzoda O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya hamraisi sifatida o‘zaro manfaatli loyihalarni ishlab chiqish, qo‘shimcha imkoniyatlar bo‘yicha takliflar tayyorlashga alohida ahamiyat berishini qayd etdi.

Ikki mamlakat hududlari va yetakchi korxonalari o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish, tranzit yuk tashishni ko‘paytirish va boshqa masalalar muhokama qilindi. 

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.

Поделиться