O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

0+, 7+, 12+, 16+, 18+ endi tarqatilayotgan axborotlarda shu yozuvlar aks etishi shart

2018-03-10 | Jamiyat

“Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni kuchga kirdi.

Mazkur qonunda axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi va yosh toifalarini belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu jamiyatimiz hayotida yangilik. Endilikda ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytlar, blogerlar, reklama vositalari hamda boshqa turdagi axborot kanallari orqali tarqatilayotgan axborotlarda bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan axborotdan himoya qilish maqsadida 0+, 7+, 12+, 16+, 18+ yozuvlari aks ettirilishi shart. Qonunga ko‘ra, yoshga oid tasnifni belgilash axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilar tomonidan, shu jumladan, ekspertlarni jalb etgan holda mamlakatimiz hududida tarqatish boshlangunga qadar amalga oshiriladi.

Ya’ni, qonun kuchga kirishi bilan har bir axborot tarqatuvchi fuqaro hushyorlikka amal qilgan holda o‘zlari yoki bu sohadagi ekspertlarning xulosasiga ko‘ra tarqatilayotgan axborotga yosh toifasini qo‘yishlari kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 9 sentyabr kuni qabul qilingan mazkur qonun joriy yil 9 martdan boshlab kuchga kirdi. 
 

Farhod Erkinov

Поделиться