O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tojikiston O‘zbekistonga 1,5 milliard kVt. soat elektr energiyasi yetkazib beradi

2018-03-07 | Iqtisodiyot

Tojikistondan O‘zbekiston Respublikasiga 2018 yil vegetatsiya davrida o‘zaro foydali texnik-iqtisodiy shartlar bo‘yicha 1,5 milliard kVt. soatgacha bo‘lgan miqdorda elektr energiyasi yetkazib beriladi.

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati axborot markazining seshanba kuni tarqatgan xabariga ko‘ra, bu haqdagi kelishuvga Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya majlisi bayonnonomasi bandlarini bajarish bo‘yicha ishchi komissiya yig‘ilishi davomida erishilgan.

Ta’kidlanishicha, Tojikistondan O‘zbekistonga 2018/2019 yillar qish mavsumi uchun yetkazib beriladigan elektr energiyasi hajmi qo‘shimcha ravishda ko‘rib chiqiladi.

Поделиться