O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Figurali uchun bo‘yicha mamlakat chempionatida g‘oliblar aniqlandi

2018-03-05 | Sport

Poytaxtimizda figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Mamlakatimizda qishki sport turlarini aholi o‘rtasida ommalashtirish va ular orasidan iste’dodli yoshlarni saralash maqsadida o‘tkazilgan mazkur chempionat keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tdi. 

Musobaqaning yakkalik bahslarida Shohsanam Tohirova, Kamilla Faradayeva, Mariya Filippova kattalar o‘rtasida shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, o‘smir qizlar o‘rtasida Alyona Mezenseva, Laziza Soliyeva, Yekaterina Tertichnaya g‘olib va sovrindorga aylandi. 

Muz ustida raqs bo‘yicha juftlik bahslarida Yuliya Kim va Shohrux Sultonov birinchi, Arina Pavlishuk va Aleksandr Kurolotka ikkinchi hamda Amira Mirolimova va Konstantin Li uchinchi o‘rinni egalladi. 

Поделиться