O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlar oqlandi, ammo badali qimmatga tushdi

2018-03-05 | Jamiyat

Kamoliddin uch yoshida onasidan ayrildi. Otasi qo‘lida katta bo‘ldi. Uning murg‘ak qalbi sinmasin deya otasi ham qayta uylanmadi. Mehnatkash, aqlli, halol yigit kasb-hunar kollejini tamomlagach, biroz pul ishlash niyatida o‘rtog‘i To‘ymurod Muhammadov bilan kelishdi. Uzoq yillar poytaxt bozorlarida ishlab yurgan hamqishloqlari Olim Husanov va Nozim Shobekovlarning katta va’dalariga aldanib Toshkent shahriga keladi.

Nimaiki ish bo‘lsa bajarishar, ishni og‘ir-engilga ajratmasdan mehnat qilardi. Ular aravakashlik qila boshladi. Shunday kunlarning birida O.Husanov va N.Shobekovlar ularni Olmazor tumanidagi “Jome” bozorida joylashgan “Glas Ekspo” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli jami 54 dona 250 million so‘mdan ortiq qiymatga ega “Ariston” (suv isitish moslamasi)ni “Isuzi” rusumli avtomashinaga yuklab berishini aytadi. Aravakash yigitlar ishni bajarib bo‘lgach, ish haqini olib ortga qaytadi. 

Oradan uch kun o‘tmay, ular o‘g‘irlangan buyumlarni ortganligidan xabardor bo‘lishgach, o‘zlarini oqlashga so‘z topa olmay qolishadi. O‘zlarini qancha oqlamasin, ular “aybsiz” aybdorlarga aylanib ulgurishgan edi. 

Ayblov xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55- va 56-moddalariga muvofiq, uyushgan jinoyatchilikni sodir etgan, o‘zgalar mulkini talon-taroj etganlikda ayblanadi. 

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati kengashi faollari tomonidan namunali oilada o‘sgan bu yosh yigitlarga qo‘yilayotgan ayblovlar va jinoyat ishi chuqur o‘rganib chiqildi. Mutaxassislar bilan hamkorlikda ularning aybi yo‘q ekani isbotlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi o‘rtasida 2017 yil 5 dekabrda imzolangan yoshlar masalalari sohasidagi o‘zaro memorandumga muvofiq, sudlanuvchi yoshlarning ishi qayta ko‘rildi. 

Toshkent shahar Olmazor tumani sudida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida Kamoliddin Musayev va To‘ymurod Muhammadovlarning ishi ko‘rildi. Sud yoshlarning qilmishini o‘zi anglamagan holda sodir etgani, muqaddam sudlanmagani, boshqalarning so‘ziga kirib adashganini hisobga olib, ularga nisbatan qo‘llanilgan 4 yarim yildan 8 yilgacha muddatda ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq jazoni bekor qildi. Ular kafillik asosida sud zalidan ozod etildi. Ular Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi Qayrag‘och qishlog‘idagi “Akbar Akmalovich dalasi” fermer xo‘jaligida ish faoliyatini boshladi. 

Asl aybdorlarning kirdikorlari fosh etildi. Ammo ularning aybi bilan farzandining aybdorligini eshitgan otaning yuragi bu azobga dosh berolmadi. Hayotdan ko‘z yumdi. 

“Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yilda ham chiqadi”, deyishadi. Ammo bu orada ziyon ko‘rganlar, salomatligini yo‘qotadiganlarga qiyin bo‘ladi. 

Поделиться