O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Zangiotada Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

2018-03-03 | Jamiyat

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi ayollar jazoni ijro etish muassasasida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Prezidentimizning 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, bilib-bilmay jinoyat qilgan ayollarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish hamda oila, onalik va bolalikni himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan xotin-qizlarni ijtimoiy himoyalash, ish bilan ta’minlash, yolg‘iz va ko‘makka muhtojlariga yordam ko‘rsatish, sog‘lig‘ini tiklash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

– Fond tomonidan tibbiy-ijtimoiy muassasalar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, Mehribonlik, Muruvvat va Saxovat uylari, maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi bo‘lim boshlig‘i Firdavs Xoliqov. – Bu borada fond xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilib, turli ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etmoqda. Bugungi bayram tadbiri ham jazoni ijro etish muassasadagi ayollarning ko‘ngliga iliqlik olib kirish, ularni bayram munosabati bilan tabriklash maqsadida tashkil etildi.

Tadbir doirasida namoyish etilgan “Sug‘diyona” xalq cholg‘ulari milliy kamer orkestrining konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

 

Abdulaziz Musayev, O‘zA

Поделиться