O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Endi Oksfordda o‘zbeklar ham tadqiqot bilan shug‘ullanadi

2018-03-02 | Fan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatimizda islom fani va madaniyati rivojiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish, xalqimizga yetkazish va olamda targ‘ib etish, o‘sib kelayotgan yoshlarimizni buyuk bobolar izidan boradigan munosib avlod etib tarbiyalash bo‘yicha mazmuni va ahamiyati jihatidan ulkan ishlar oshirilmoqda. Mamlakatimiz barcha hududlarida buyuk ajdodlar xoki yotgan manzillar obod etilmoqda, ular ziyoratchilar qadami uzilmaydigan muborak maskanlarga aylantirilmoqda.

Ushbu o‘zgarishlarni xalqaro ilmiy doiralarning ekspert va mutaxassislari ham e’tirof etmoqda. 2017-yilning dekabrida Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizomiy mamlakatimizga tashrif buyurib, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi va Toshkent islom universitetining Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazida bo‘lib, hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, istiqbolda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish taklifini bildirgan edi. 

Yaqinda yurtimizning yetakchi islomshunos olim va tadqiqotchilaridan iborat delegatsiya Buyuk Britaniyaga safar qildi. 

Oksford islom tadqiqotlari markazi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda hamkorlik rejalari, amalga oshiriladigan ilmiy loyihalar muhokama etildi. Kelishuvga binoan o‘zbekistonlik islomshunos tadqiqotchilar Oksfordda tahsil olib, ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazadi. Oksford islom tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg‘inoniy singari allomalar asarlari ingliz va o‘zbek tillarida nashr etiladi. Buyuk Britaniya kutubxonalari va qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan O‘zbekistonga oid madaniy meros obyektlari, noyob qo‘lyozmalarning nusxalari olinib, tadqiq etiladi. 

– O‘zbekistondagi islom ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik biz uchun katta sharaf, – deydi Farhan Nizomiy. – Prezident Shavkat Mirziyoyevning ma’rifiy islomni o‘rganish va targ‘ib etish haqidagi takliflarini yuqori baholaymiz. Oksford islom tadqiqotlari markazi O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan markazlarning Yevropa va Amerikaga chiqishi uchun vositachi bo‘lishga tayyor. 

Shuningdek, Buyuk Britaniyaning qadimiy Bodlean kutubxonasi, Seynt Jons kolleji, Fan tarixi muzeyi, Ashmolean muzeyida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. E’tiborli jihati, Seynt Jons kollejida saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozma manbalar orasida Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy”, Mirzo Ulug‘bek yozgan “Ziji Ko‘ragoniy” asarlarining nodir nusxalari saqlanmoqda. Kelajakda yurtimizdan Oksfordga boradigan mutaxassislar bu manbalarning fotonusxalarini olish va tadqiq etish bilan shug‘ullanadi. 

O‘zbekistonga oid xorijda saqlanayotgan madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi taklifiga asosan Oksforddagi Fan tarixi muzeyi direktori doktor Akkerman bilan muzey fondida saqlanayotgan nodir ekcponat – Mirzo Ulug‘bek globusining nusxasini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishilganini ham alohida ta’kidlash joiz. 

Bunday uchrashuv va muloqotlar, hech shubhasiz, yurtimizdagi markazlarning xalqaro miqyosdagi nufuzi va obro‘-e’tiborini yanada oshirishga, O‘zbekiston islom ilmi va madaniyatining beshigi, degan sharafli maqom xalqaro miqyosda yana bir bor e’tirof etilishiga xizmat qiladi.

Поделиться