O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Namangan viloyati g‘aznachilik boshqarmasining – www.namangangazna.uz yangi veb-sayti ishga tushirildi
2018-03-01 | Jamiyat
Endi internetdan foydalanuvchilar boshqarma faoliyati, g‘aznachilik amaliyotlari, sohadagi yangiliklardan xabardor bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, ushbu sayt orqali har oy va chorak yakunlari bo‘yicha viloyat mahalliy byudjeti prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumot bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
– Joriy yilning 1-fevralidan boshlab “UzASBO” dasturiga ulangan byudjet tashkilotlarining yuridik hamda moliyaviy majburiyatlari elektron hujjat shaklida yuboriladigan bo‘ldi, – deydi viloyat g‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i F.Salohitdinov. – Avvallari byudjet tashkilotlari 1 komplekt shartnomani rasmiylashtirishi uchun 6 tadan 8 tagacha hujjatni ilova qilardi. Mazkur dastur vaqt va qog‘oz sarfini kamaytirdi.
Viloyat g‘aznachilik boshqarmasining internet tarmog‘idagi saytini yanada takomillashtirish, foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.