O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bugun polvonlarimiz Osiyo chempionatida medallar uchun bellashadi

2018-02-28 | Sport

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan  Osiyo chempionatida polvonlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. 

Musobaqaning birinchi kungi bahslarida yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tgan bahslarda Elmurat Tasmuradov va Mo‘minjon Abdullayev o‘z vazn toifalarida oltin hamda kumush medalni qo‘lga kiritgan edi. 
 
Bugun 97 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Rustam Assakalov chempionatning final bellashuviga chiqib, eronlik Saidganbar Salohizodaga qarshi raqobatlashadigan bo‘ldi. 
 
Musobaqada Islomjon Bahromov, Mirzobek Rahmatov, Aram Vardanyan va Nurbek Hoshimbekov kabi umidli polvonlarimiz esa bronza medal uchun kuch sinashadi. 
 
 
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться