O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Avtomobillar uchun yangi tejamkor qurilma

2018-02-28 | Jamiyat

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida avtotransport vositalarida yoqilg‘i sarfini kamaytirish, havoga zaharli gaz chiqarish darajasini pasaytirishga xizmat qiluvchi yangi innovatsion qurilma taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Malayziyaning “Amiran” texnologik kompaniyasi ishlab chiqargan gazgenerator qurilmasi avtomobilga o‘rnatilgandan so‘ng 50 foizgacha yoqilg‘i tejaladi. O‘z-o‘zidan bosib o‘tiladigan masofa 50 foizgacha uzayadi. 

Kompaniya direktori o‘rinbosari A’zam Al-Yahyoning ta’kidlashicha, ushbu qurilma tarkibida asosini suv tashkil qiluvchi kislorod-vodorodli yoqilg‘i kapsulasi mavjud. U suv elektrolizi texnologiyasiga asoslangan kichik aksessuarlardan iborat. Gazgenerator qurilmasi atmosferani ifloslantiruvchi moddalar va zaharli gaz chiqindilarini kamaytiradi. Avtotransportning ravon harakatlashini ta’minlaydi. 

Gazgenerator qurilmasi dvigatel haroratini pasaytirishi natijasida mashina moyi ko‘proq muddatga yetadi. U barcha turdagi avtotransport vositalari uchun mo‘ljallangan. Yengil avtomobillar uchun GX-300 modeli tavsiya etiladi. Har 10 ming kilometrdan so‘ng qurilma ichidagi suv almashtiriladi. 

O‘rnatish juda oson. U avtomobil yukxonasiga ixcham tarzda o‘rnatiladi. 5 yildan 10 yilgacha kafolati bor. 

Taqdimotda Malayziyaning innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarish tajribasi va yutuqlari haqida so‘z yuritildi.

 

Nurillo Nasriyev, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA

Поделиться