O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv
2018-02-28 | Siyosat
2018-yilning 27-fevral kuni Budapesht shahrida “Vishegrad guruhi” va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ish vazirlarining birinchi uchrashuvida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha Maxsus vakili Piter Burian bilan uchrashdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari, Yevropa tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerinining 2017-yil 9-10-noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi doirasi erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi sherikchilik hamda hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni yangilash bo‘yicha muzokaralarni boshlash va imzolash yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar, hamkorlikning qo‘shma institutlari majlislari va boshqa tadbirlar jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi.