O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki ishlar vazirligiga yangi lavozim kiritildi

2018-02-27 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan ichki ishlar organlarida yosh kadrlar salohiyatini oshirish tizimini yaratish, ularning kasbiy mahoratini yuksaltirish uchun hurmat va obro‘ga ega bo‘lgan xodimlarning ichki ishlar organlaridagi boy amaliy tajribasidan foydalanish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining maslahatchisi lavozimi kiritildi.

Ushbu lavozimga O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan hayotiy boy tajribaga ega, ko‘p yillar davomida respublikamizda jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga katta hissa qo‘shgan Zokirjon Almatov tayinlandi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov buyruq bilan shaxsiy tarkibni tanishtirdi.

General-polkovnik Zokirjon Almatov 1991-2006 yillarda Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlab, bir qancha xodimlarga ustozlik qilib, nafaqaga kuzatilgan edi.

Поделиться