O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

1 apreldan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi pullarini to‘lashning yangi mexanizmi ishga tushiriladi

2018-02-27 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarida ko‘zda tutilgan byudjet mablag‘laridan foydalanish jarayonining qulayligi va soddaligi yuzasidan tanqidiy tahlillar olib borilmoqda.

Ushbu masalaga bag‘ishlangan yig‘ilishda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa pullarining o‘z vaqtida to‘lanishi va to‘lov jarayonining soddalashtirish masalasi qattiq tanqid qilindi.

Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining tumanlardagi bo‘linmalari tomonidan nafaqalarning to‘lab berilishi bo‘yicha ancha yillar avval joriy etilgan, lekin oxirigacha o‘ylanmasdan tuzilgan murakkab jarayon jiddiy muhokama qilindi.

Ushbu tashkilotlar nafaqalarni to‘lab berish uchun tegishli hujjatlarni viloyat boshqarmalari orqali Toshkentga jo‘natishlari zarur edi va “ma’lum bir” tahlillardan so‘nggina Moliya vazirligining tegishli boshqarmalari tomonidan tasdiqlab berilar edi. Natijada esa, byudjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lab berish ba’zan 2 oygacha kechiktirilar edi.

Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, vazirlik rahbariyati tomonidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lashda axborot texnologiyalarini hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz aloqa shakllarini joriy etish, shuningdek talab etilayotgan hujjatlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish va to‘lov jarayonini soddalashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Natijada, joriy yilning 1-martidan boshlab xarajatlar smetalari bo‘yicha bo‘sh turgan (iqtisod qilingan) mablag‘lar hisobidan nafaqalarni to‘laydigan byudjet tashkilotlari byudjet mablag‘larini bosh taqsimlovchilari va moliya organlari bilan kelishmagan holda, “UzASBO” dasturiy majmuasiga mustaqil ravishda o‘zgartirish kiritish orqali homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lab berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bunda nafaqani biryo‘la to‘lab berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan (xarajatlar smetasi bo‘yicha iqtisod qilingan mablag‘lari mavjud bo‘lmagan) byudjet tashkilotlari uchun qo‘shimcha mablag‘ga talabnoma berish jarayoni “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali avtomatlashtiriladi hamda qog‘ozsiz va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz shaklga o‘tkaziladi.

Shuningdek, qo‘shimcha hujjatlarni (yashash joyidan ma’lumotnoma, nikoh tuzilganlik to‘g‘risida guvohnoma, mehnat daftarchasi va pasportning nusxalarini) taqdim etish bo‘yicha talab bekor etilib, o‘rnatilgan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida to‘lovlar amalga oshiriladi.

Elektron tarzda talabnomalarni taqdim etish jarayonini joriy etish byudjet tashkilotlarining (qog‘oz va pochta) xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi hamda ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasini o‘z vaqtida to‘lab berilishini ta’minlaydi.

Moliya vazirligi axborot xizmatiga ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur mexanizm 2018-yil 1-aprelidan boshlab to‘liq ishga tushiriladi.

Поделиться