O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Uchquduqda shamol generatori ishga tushdi
2018-02-27 | Texnologiyalar
Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Shimoliy kon boshqarmasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari markazi elektromexanigi Elbek Xolboyev shamol generatori yaratdi.
To‘g‘ri, Shimoliy kon boshqarmasining yiliga 716 million kVt.soat elektr energiyasiga ehtiyoji mavjud. Korxona mutaxassisi yaratgan qurilma soatiga atigi 2 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Yirik korxona uchun mazkur qirilma arzimas bo‘lib tuyulsa-da, Uchquduq tumanida joylashgan korxona hududida yerdan o‘n metr balandlikda shamol potensiali ancha yuqori bo‘lib, bundan samarali foydalanish korxonaning jami energiyaga bo‘lgan ehtiyojining yarmini qondirishi mumkin.
Ekologik toza, muqobil energiya manbai hisoblangan mazkur generator shamolning tezligi 3 metr/sekundga yetganida elektr toki ishlab chiqara boshlaydi.