O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonliklar mart oyida 12 kun dam oladi
2018-02-27 | Jamiyat
O‘zbekistonliklar Navro‘z bayrami arafasida 5 kun, mart oyida esa jami 12 kun dam oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Navro‘z bayrami arafasida yurtdoshlarimiz 18, 19, 20, 21, 22-mart kunlari dam oladi.
Prezidentning mazkur farmoni bilan qo‘shimcha dam olish kunlari berilgan va ba’zi dam olish kunlari ko‘chirilgan edi. Ya’ni, 20-mart qo‘shimcha dam olish kuni sifatida berilib, 17-mart (shanba) 19-mart (dushanba)ga, 24-mart (shanba) 22-mart (payshanba)ga ko‘chirilgan edi.
Dam olish kunlarining berilishida fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va bayram kunlaridan oqilona foydalanish, shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsad qilingan.
Shunga muvofiq yurtdoshlarimiz 8-Mart bayramini ham hisobga olganda 12 kun dam oladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu farmoni bilan mamlakatimiz fuqarolari Yangi yilda 5 kun dam olgan bo‘lsa, Mustaqillik bayrami munosabati bilan ham shunday dam olishlar guvohi bo‘lishadi.
Anvar Nasirlayev, O‘zA